Bugun, 5 may kuni Toshkentda yana yer qimirladi.
Soat 10:12da kuzatilgan yer silkinishi kuchi taxminan 4 ball bo‘ldi. O‘zbekistonning sharqiy viloyatlarida ham zilzila kuchini sezishgan, Farg‘ona viloyatida 3,5 ballik zilzila kuzatilgan.
Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi epimarkazi Tojikistonda kuzatildi. Farg‘onadan 101 km janubda, Tojikistonning Qorakenja shahridan 37 km masofada joylashgan zilzila o‘chog‘ida yer silkinishi kuchi 6,1 ballni tashkil etgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
M5.9 #earthquake strikes 168 km S of #Namangan (#Uzbekistan) 15 min ago. Updated map of its effects: pic.twitter.com/zNhlpznwSx
— EMSC (@LastQuake) May 5, 2017
Qayd etish kerakki, bu keyingi uch kunda O‘zbekistonda kuzatilgan to‘rtinchi zilzila bo‘ldi.
3 may kuni soat 09:47 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgandi. Zilzilaning episentri Toshkent shahrining janubi-sharqiy yo‘nalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keldi. Episentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 6,0 ni tashkil etdi.
Shuningdek, 4 mayga o‘tar kechasi soat 1:03 da va 4 may kuni soat 16:10 da 2 balli yerosti silkinishlari qayd etildi.