14:20 / 05.05.2017
12594

Jasurbek Latipov finalga chiqdi

“O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati yarim final bahslari kunduzgi janglariga start berildi. Uni 52 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan o‘zbekistonlik Jasurbek Latipov hamda qozog‘istonlik Azamat Issakulov boshlab berdi. 

Unda, hakamlar qaroriga ko‘ra, Jasurbek Latipov g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. 

Jasurbek Latipovning finaldagi raqibi filippinlik Daniyel Maamoni mag‘lub etgan Janubiy Koreya vakili Inkyu Kim bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, kunduzgi bahslarda, shuningdek, O‘zbekistonning quyidagi bokschilari ham ringga ko‘tarilishadi: 

Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) – Han Yonghung  (Janubiy Koreya)
Shan Jun (Xitoy) –  Elnur Abduraimov (O‘zbekiston)
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) – Abilxon Amankul (Qozog‘iston)
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) –   Jiabin Huang (Xitoy)

Mavzuga oid
Top