12:20 / 06.05.2017
50659

19 yoshli talaba iPhone'da “maxfiy” funksiyani topdi

Foto: Buzzfeed

AQShning Texas shtatida joylashgan Beylor universitetining 19 yoshli talabasi iPhone’da ko‘pchilikka noma'lum bo‘lgan funksiyani aniqladi. Uning Twitter’da e'lon qilgan layfxaki ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi – video bir sutkada 50 mingdan ortiq retvit va layk yig‘di.

Rolik muallifining ta'kidlashicha, smartfon kalkulyatorida bosilgan raqamlarni o‘ngga yoki chapga “svayp” bilan o‘chirish juda oson ekan. Raqamlarni bittama-bitta o‘chirib chiqish mumkin.

Uning BuzzFeed’ga bergan intervyusida tan olishicha, “maxfiy” funksiya haqida Reddit'da uch yil avval e'lon qilingan post orqali xabar topgan. Biroq ko‘pchilik bu imkoniyat haqida hozirga qadar bilishmaganini aytdi.

"Bir necha yildan beri iPhone’ga egaman, hamda bunday qilish mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim", - deya yozgan foydalanuvchilardan biri.

Top