13:21 / 06.05.2017
6448

AQShning yirik telekanallari Tramp haqidagi rolikni efirga berishdan bosh tortdi

Foto: AP

AQShning ABC, CBS va NBC telekanallari xuddi CNN kabi, Donald Trampning prezident lavozimidagi ilk 100 kunida erishilgan natijalar haqidagi reklamani namoyish etishdan bosh tortishdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, rolikda ushbu OAV soxta yangiliklarni tarqatishda ayblanadi.

Bundan tashqari, videoda telekanallar boshlovchilarining yuzi “soxta yangiliklar” yozuvi bilan yopilgan.

Avvalroq NBC News / Wall Street Journal so‘nggi so‘roviga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning ishini ma'qullash reytingi 44 foizga teng ekani hamda bu prezidet va amaldagi ma'muriyat uchun rekord darajada past ko‘rsatkich ekani xabar qilingandi.

Top