«Joshua — menga arziydigan raqib. Mening qonim qaynayapti. Biz yutuqqa belbog‘larimizni qo‘yamiz. Ko‘ramiz, jangdan so‘ng to‘zonlar tarqagach, kim toza chiqar ekan? Men maqsadimga erisha olishimga kafolat beraman, chunki birinchi marta bunga duch kelayotganim yo‘q!» — degan Uaylder.
Entoni Joshua 29 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tgan katta boks kechasida ukrainalik Vladimir Klichkoni 11-raundda nokautga uchratib, WBA, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.
27 yoshli britaniyalik bokschi hisobida 19ta jangdan 19ta g‘alaba (19 nokaut) bor. 31 yoshli amerikalik 38 marta ringga ko‘tarilgan shuncha marta g‘alabaga (37 nokaut) erishgan va biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.











