18:35 / 06.05.2017
8578

Chexiyalik avtopoygachi tog‘ yo‘lida bir o‘limdan qoldi

Foto: YouTube/FiaErc

Chexiyalik avtopoygachi Tomash Kasperjik Kanar orollaridagi ralli chog‘ida tog‘ cho‘qqisidan tushib ketishiga bir bahya qoldi. Mashable portali ushbu avtofalokat videosiga e'tibor qaratgan.

Videolavhada uning "Ford Fiyesta" mashinasida tog‘ yo‘li bo‘ylab katta tezlikda harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Mashina o‘ngga keskin burilish chog‘ida yuqori tezlikda bo‘lgani tufayli chap yoni bilan yo‘l chetidagi to‘siqqa uriladi. Aynan shu uni balandlikdan pastga sho‘ng‘ishdan qutqarib qolgan. 

Haydovchi va shturman jiddiy jarorhatlar olmagani ta'kidlangan. Kasperjikning o‘zi Facebook sahifasida yozishicha, "afsuski", chempionatning ilk bosqichida falokatga uchragan. 

Mavzuga oid
Top