02:22 / 06.05.2017
14239

«Manchester Siti»ga 2 yillik transfer taqiqi qo‘yildi

Angliya  futbol assotsiatsiyasi «Manchester Siti»ning yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolashda qoidalarni buzgani uchun jamoani jazolash bo‘yicha qarorga keldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, FA «Siti»ga 18 yoshga to‘lmagan futbolchilarni akademiya uchun sotib olishni taqiqlab qo‘ygan. Shuningdek, jamoa  300 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» o‘z akademiyasiga «Everton»ning 11 yoshli va «Vulverhempton»ning 15 yoshli futbolchisini qo‘shib olishda qoidalarni buzganlikda ayblangan.

Oldinroq, FA «Liverpul»ni ham xuddi shunday jazoga tortgandi.

Mavzuga oid
Top