Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yangi xizmat tashkil etdi
Foto: Flickr
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmon O‘zbekiston Prezidenti devonining fuqarolar huquq va erkinliklari himoyasi sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
O‘zbekiston rahbari Prezident devonining Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatini Prezident devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatiga aylantirdi.
Prezident yangi xizmatning asosiy vazifalarini belgilab berdi. Yangi xizmat jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan samarali ishlash tizimining faoliyat ko‘rsatishini ta'minlaydi. Bunda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘la himoyalanadi.
Xizmat davlat idoralari va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlash bo‘yicha holatni tahlil qiladi, ular faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi.
Shu bilan birga, yangi tuzilma amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi, ular murojaatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan fuqarolar huquq va erkinliklari bo‘yicha tizimli buzilishlar sabablari va sharoitlarini yo‘qotishga qaratilgan.
Prezident devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyati bilan muvofiqlashtiriladi va ular bilan birgalikda ishlaydi.
Xizmat ushbu sohadagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ular haqida ogohlantirish, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Mavzuga oid
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025
Sertifikatlashda yengillik: 2026 yildan ayrim majburiy talablar bekor qilinadi
11:48 / 25.11.2025