17:40 / 07.05.2017
15672

KXDRda yana bir amerikalik qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya hukumati AQSh fuqarosi bo‘lgan yana bir shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Markaziy telegraf agentligiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Aniqlik kiritilishicha, KXDRga qarshi yo‘naltirilgan harakatlarni sodir etishda gumon qilingan amerikalik qo‘lga olingan. Uning hibsga olinishining aniq sababi hozircha ma'lum emas.

Shu tariqa, 2009 yildan buyon KXDRda qo‘lga olingan AQSh fuqarolari soni 10 nafardan ortdi.

21 aprel kuni ham Pyongnyang aeroportida kelib chiqishiga ko‘ra koreyalik bo‘lgan AQSh fuqarosi, KXDRda Shimoliy Koreyaga yordam ko‘rsatish dasturi bo‘yicha faoliyat olib borgan professor Kim Sang Duk qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid
Top