11:49 / 08.05.2017
268754

Birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha har bir inson bilish zarur bo‘lgan 5 ko‘nikma

Yoqimsiz holatlar kutilmaganda ro‘y berishi mumkin, shu bois har qanday vaziyatda ham ularga tayyor turish kerak, ayniqsa boshqa bir insonning hayoti sizning ko‘nikmalaringizga bog‘liq bo‘lsa. Don't Panic birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha har bir inson bilishi kerak bo‘lgan besh asosiy tamoyili bilan bo‘lishdi.

 

Sun'iy nafas

Sun'iy nafas har bir inson bilishi kerak bo‘lgan elementar reanimatsion xatti-harakatlar sirasiga kiradi. Jabrlanuvchiga kislorod yetkazish uchun shunchaki yuzma-yuz nafas olishning o‘zi kifoya, deb o‘ylamang. Birinchi navbatda, nafas yo‘llarini tekshirib, zarurat tug‘ilgan taqdirda, biror bir predmet, qon yoki balg‘am bo‘lsa, tashqariga chiqarib tashlash kerak. Ilk 10 havo yuborishni tezlikda bajaring, keyin esa bir daqiqada 20 nafas ritmini qo‘llang. Yodingizda bo‘lsin: agar insonning ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgan bo‘lsa, demak, barchasi to‘g‘ri ketmoqda.

 

Yurak massaji

Agar jabrlanuvchining pulsi yo‘qligini sezsangiz, yurakni massaj qilish kerak. Ko‘krak qafasining eng qisqa va tor qismini aniqlang va uning chetidan 2-3 santimetr o‘lchang - bu kompressiya nuqtasi bo‘ladi. Kaftning asosini shu yerga qo‘ying, uni ikkinchi kaft bilan yoping - bosim aynan shu qismlar bilan amalga oshiriladi. Ritmik bosimlarni kuchli, vertikal yo‘nalishda amalga oshiring. Biroz ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi: chastota daqiqasiga 110 martani tashkil qilishi kerak. Puls bo‘lsa, yurak massajiga hojat yo‘q.

 

Geymlix usuli

Bu usulni Amerika kinofilmlarida namoyish qilishni yaxshi ko‘rishadi. Jabrlanuvchining orqasiga turib olasiz, uni kindik sohasining yuqori qismidan, qovurg‘alar ostidan ushlaysiz. Shundan so‘ng kuch bilan uning qornini bosasiz – bu harakatni odatda bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri keladi.

 

Xushdan ketish

Xushdan ketish kislorod yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladi – miyada qon aylanish buziladi va organizm tanani o‘chirishga buyruq beradi. Bu yerda bir narsani anglab yetish muhim – inson tetiklashtiruvchi havo oqimi ko‘paygandagina tezroq o‘ziga keladi. Jabrlanuvchini oyna yaqiniga yotqizing va uni havoni to‘suvchi kiyim yoki aksessuarlardan xalos qiling. Yuzga suv purkash zarar qilmaydi, agar qo‘l ostingizda dorilar qutisi bo‘lsa, nashatir spirtidan foydalaning.

 

Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish

Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanganda, birinchi navbatda, oshqozonni zaharli yegulik qoldiqlaridan tozalash kerak. Buning uchun eng yaxshisi – bir litr suvga 10 gramm tuz solingan suvni ichish maqsadga muvofiq. Qayd qilish holatini keltirib chiqarish uchun bunday suvning 2-3 piyolasi yetarli.

Top