19:35 / 08.05.2017
21810

Gulenga 2900 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

Foto: EPA

AQShda yashovchi turk muxolifi Fathulla Gulen unga qo‘yilayotgan barcha ayblovlar bo‘yicha 3600 tadan ko‘proq umrbod qamoq jazosi, 2900 yil ozodlikdan mahrum qilinish va 2,2 mln kunga teng sud jarimasiga loyiq deb topildi. Bunday hukmni Gulenga nisbatan Turkiya prokuraturasi chiqardi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.  

Turkiya hukumati Gulenni 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada davlat to‘ntaruvini tayyorlashga aloqadorlikda ayblamoqda, unga nisbatan Turkiyada 20 dan ko‘proq jinoiy ish ochilgan. Gulenning o‘zi davlat to‘ntaruviga aloqador emasligini ta'kidlab keladi. Uning aytishicha, u, aksincha, isyonchilarni qoralagan va tartibga chaqirgan. 

Turkiya hukumati AQShdan uning topshirilishini talab qilmoqda, biroq hozircha bu urinishlar besamar bo‘lmoqda. Davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin Turkiyada 32 mingdan ko‘proq odam hibsga olingan va 100 mingga yaqin davlat xizmatchisi bo‘shatilib yuborilgan yoki lavozimidan chetlatilgan.    

Mavzuga oid
Top