Sobiq futbolchi, Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Diyego Maradona BAAning «Al-Fujayra» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.
56 yoshli argentinalik bu orqali uchinchi bor o‘zini murabbiy sifatida sinab ko‘radigan bo‘ldi. Oldinroq u Argentina terma jamoasi (2008-2010) va BAAning «Al-Vasl» (2011/12) klublarini boshqargandi.

Ma'lumot uchun, «Al-Fujayra» BAAning nufuzi bo‘yicha ikkinchi divizionida to‘p suradi va yuqori divizionga chiqish uchun kurash olib bormoqda.










