Parijda Makron g‘alabasidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi
Parijda bir necha ming kishi Respublika maydoniga prezidentlik saylovlarida Emmanuel Makron g‘olib bo‘lganiga qarshi norozilik bildirib chiqdilar. Bu haqda L'Express va BFM TV nashrlari xabar bermoqda.
Namoyishchilarning fikricha, Makronning hokimiyatga kelishi ijtimoiy tanazzul va mehnat kodeksining inqirozini anglatadi.
Le Figaro ma'lumotlariga ko‘ra, 7 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda norozilik bildirishga chorlovlar paydo bo‘lgan. Ularni asosan "aksilkapitalistlar" va "aksilfashistlar" tarqatganlar. Nashrning politsiyadagi manbasining ma'lum qilishicha, namoyishchilar maktablardan birining oynasini sindirishgan. Qora kiyimda bo‘lgan odamlar "Barcha politsiyani yomon ko‘radi" deb hayqirib, politsiyachilarga qo‘lbola snaryadlar uloqtirishgan. Ta'kidlanishicha, politsiya ularga qarshi ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘llagan.
France info nashri ma'lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida 6 politsiyachi va 3 nafar namoyishchi yaralangan, 143 kishi hibsga olingan.
Le Monde nashri muxbirining ma'lum qilishicha, namoyishchilarning o‘rtacha yoshi 30 yoshdan kattaroqni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
08:17 / 09.12.2024
Gurjiston parlamenti yonida «norozilik» archasi paydo bo‘ldi
00:01 / 08.12.2024
Zelenskiy Parijda Tramp va Makron bilan uchrashdi
21:21 / 30.11.2024
Gurjiston bosh vaziri norozilik namoyishlarida yevropalik siyosatchilar va «beshinchi kolonna»ni aybladi
16:09 / 30.11.2024