9 may Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan prezident iştirokidagi asosiy tadbirlar Toşkent viloyati Zangiota tuman hududida joylaşgan akademik Mahmud Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ITI hududida bölib ötdi. Bayram dasturi «Özbekiston» telekanalida jonli efirda namoyiş etildi.
Institut hududida Ikkinçi jahon uruşi faxriylari uçun dasturxon yozilib, bayram dasturi taşkil etildi. Bayramga prezident Şavkat Mirziyoyev ham taşrif buyurdi va uruş qatnaşçilarini tabrikladi.
Prezident 9 may kuni Özbekistonda birinçi prezident Islom Karimov taşabbusi bilan Xotira va qadrlaş kuni sifatida nişonlanişini eslatib ötdi.
«Bu kunda hammamiz jang maydonlaridan qaytmagan ming-minglab yurtdoşlarimiz muqaddas xotirasi oldida boş egib, ularning ruhi poklari oldida hurmat bajo keltiramiz. Biz hamişa ular bilan faxrlanamiz», — dedi öz nutqida prezident.
«Jang maydonlarida mardlik va jasorat körsatgan, şuningdek front ortida fidokorona mehnat qilib, bugun oramizda soğ-salomat yurgan muhtaram faxriylarimizga ta'zim qilamiz.
Hozirgi tinç-osoyişta hayotimiz, musaffo osmonimiz uçun ularga çeksiz minnatdorçilik bildiramiz. Şubhasizki, bu dahşatli uruş butun insoniyat qatori bizning xalqimizga mislsiz kulfat va yöqotişlar olib kelgan», — deya qayd etgan davlat rahbari.
«Özbekistondagi har bir xonadonda faşizm ustidan qozonilgan ğalaba bizga qançalik qimmatga tuşganini va bizning xalq bu ğalabaga qanday hissa qöşganini yaxşi eslaşadi. Yuzlab özbekistonliklar qahramonliklari uçun harbiy ordenlar va medallar bilan taqdirlanişgan. Uruş yillarida tunu kun tinim bilmasdan frontga harbiy texnika, öq-dori, uskunalar, dori-darmon vositalri hamda oziq-ovqat yetkazib berib turgan front çiziği ortida qahramonlik körsatgan kişilarni ham faxr bilan eslaymiz», — deya qayd etgan u.
«Öta oğir va maşaqqatli yillarda xalqimizning olijanoblik, bağrikenglik va insonparvarlik fazilatlari yaqqol namoyon böldi. Bu Özbekiston janglar ketayotgan hududlardan bir millionga yaqin kişini qabul qilganida köringandi. Xalqimiz keksalar, ayollar va bolalarga boşpana berib, ular bilan oxirgi noni bölagini bölişişgan. Uruş yillari bizning xalqimiz qançalar buyuk qalbga ega ekanini körsatgan», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

«Qadrli faxriylar, biz hamişa özimizni sizning oldingizda qarzdor sezamiz. Biz yonimizda yurgan keksa avlod vakillariga, uruş va mehnat faxriylariga e'tibor va ğamxörlikni kuçaytiramiz», — dedi davlat rahbari.












