16:55 / 09.05.2017
7503

Ekzit-pollar: Janubiy Koreya prezidenti saylovlarida liberal nomzod g‘alaba qozonmoqda

Foto: Reuters

Janubiy Koreyadagi prezidentlik saylovlarida liberal nomzod Mun Je In yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ekzit-pollar ma'lumotiga asosan xabar bergan.

Janubiy Koreyaning uch telekompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan ekzit-pollar natijasiga ko‘ra, u 41,4 foiz ovoz olgan.

Uning raqibi – konservativ nomzod, sobiq prokuror Xun Jun Pyo – dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 23,3 foiz ovoz to‘plagan.

Avvalroq Janubiy Koreyada mamlakat prezidenti saylovlari boshlangani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid
Top