09:13 / 09.05.2017
28062

OAV: Tramp Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor, biroq uning bir sharti bor

Foto: RIA

Donald Tramp Kim Chen In bilan, agarda Shimoliy Koreya o‘zining raketa-yadro dasturidan voz kechsa uchrashishi mumkin. AQSh ma'muriyati bunday pozitsiyani go‘yoki Xitoyga bildirgan. Bu haqda Kyodo agentligi diplomatik manbalarga asosan xabar tarqatdi.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, Tramp Pxenyan bu shartni bajarsa, Kim Chen Inni AQShga taklif qilishga tayyor. Shuningdek, Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy harakatlar ham qo‘llanilmaydi.

Mavzuga oid
Top