23:30 / 09.05.2017
30090

Putin otasi surati bilan "O‘lmas polk" yurishida ishtirok etdi

Foto: Konstantin Zavrajin/RG

9 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada o‘tayotgan "O‘lmas polk" yurishi ishtirokchilariga Qizil maydonda qo‘shildi va ular bilan birga Vasilevsk qiyaligigacha yurib o‘tdi. U so‘ngra yurish ishtirokchilari bilan xayrlashib, Spassk minorasi orqali Kremlga qarab ketgan. Putin yurishda otasi Vladimir Spiridonovich Putinning suratini olib o‘tdi.

Putin "O‘lmas polk" yurishida uchinchi marta ishtirok etmoqda. Uning otasi frontda NKVDning qo‘poruvchilik otryadida xizmat qilgan va operatsiyalardan birida jarohatlangan. 

"O‘lmas polk" aksiyasi Rossiyada va boshqa davlatlarda G‘alaba kuni o‘tkaziladi. Bu aksiya davomida odamlar Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan yaqinlarining suratlarini olib o‘tadilar.  Birinchi marta bu aksiya Tomsk shahrida o‘tkazilgan. 2015 yilda ushbu aksiya davomida butun Rossiya bo‘ylab 12 mlnga yaqin odam ishtirok etgan. Shundan keyin "Rossiya o‘lmas polki" deb atalgan fuqarolik-vatanparvarlik jamoatchilik harakati tashkil etilgan.

Joriy yilda aksiya 10-marotaba o‘tkazildi. O‘tgan yili ushbu aksiya 50 ta davlatda bo‘lib o‘tgan.

Top