07:57 / 09.05.2017
17572

«Real»da supertransfer: Ronaldu yoki Benzema o‘rniga futbolchi kelishi mumkin

«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres hamda jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozgi transferlar vaqtidagi asosiy xarid borasida kelisha olmayapti. 

Don Balon bergan ma'lumotga ko‘ra, Zidan jamoada «Monako»ning yosh hujumchisi Kilian Mbappeni xarid qilib, sekin-asta Benzemani asosiy tarkibdan chetlashtirmoqchi. 

Klub rahbari esa jamoaga «Chelsi» yetakchilaridan biri Eden Azarni olib kelmoqchi. Peres uni Ronalduning pozitsiyasini egallashini, o‘z navbatida, Ronaldu esa markaziy hujumchi vazifasini bajarishi kerak, deb hisoblamoqda. 

Mavzuga oid
Top