Toşkentda bugun uzoq vaqt içida ilk bora ulkan bayram muşakbozligi bölib ötadi. Albatta, 9 may kuniga salyutlar avval ham otilgan, biroq Mudofaa vazirligi joriy yilda qandaydir özgaça kayfiyat berişni maqsad qilgan.

An'anaga köra, salyutlar Alişer Navoiy nomidagi boğda soat 21:00 da otiladi.

Bundan taşqari, bugun mamlakat köçalari va maydonlarining katta qismi Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan plakat va stendlar bilan bezaldi. Şuningdek, har bir tumanda Ikkinçi jahon uruşi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi bilan boğliq tadbirlar ötkazilmoqda.

Poytaxtdagi boğlarning deyarli har birida uruş yillari musiqasi qöyilgan hamda har bir istovçi öşa davrdagi harbiy libosda bölgan qizlar va ösmirlar bilan suratga tuşişi mumkin.