23:38 / 09.05.2017
11643

O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi ham OChLni yirik mag‘lubiyat bilan tugatdi

Osiyo chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan «Al-Ahli» va «Lokomotiv» jamolari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Salmin Hamis Ma'mur Ikromovning xatosidan foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, 59-daqiqada raqibning kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi va unga tashlangan Ma'mur Ikromovning yelkasiga tekkan holda darvozaga borib tushdi. 72-daqiqada Asamoa Gyan Islom To‘xtaxo‘jayevning xatosidan foydalandi va to‘pni Ikromovning ustidan oshirib darvozaga yo‘llab qo‘ydi.

Bu hali hammasi emasdi. 77-daqiqaga kelib, Everton Ribeyru Kaxi Maxaradzeni tezlikda ortda qoldirib ketdi va u ham Ikromov bilan birga bir vaziyatga chiqib uning ustidan to‘pni olib o‘tib, keyin bo‘sh darvozaga to‘pni yo‘lladi. Natijada yakuniy hisob 4:0 ko‘rinishini oldi.

«Bunyodkor» ortidan «Lokomotiv» ham so‘nggi turni yirik mag‘lubiyat bilan tugatdi va guruhdan chiqish vazifasini uddalay olmadi. Natijada OChLning bu yilgi bahslari O‘zbekiston jamoalari uchun guruh bosqichidayoq yakuniga yetadigan bo‘ldi.

OChL, 6-tur

«Al Ahli» - «Lokomotiv» 4:0 (1:0)

Gollar: Salmin Hamis (26), Ma'mur Ikromov (59, avtogol). Asamoa Gyan (72), Everton Ribeyru (77).
«Al-Ahli»: Majid Nosir, Salmin Hamis, Asamoa Gyan (Volid Husayn, 78), Habib Fardan (Volid Ambar, 81), Volid Abbos, Ismoil al-Hammadiy, Everton Ribeyru, Hamis Ismoil, Said Ahmad, Abdulaziz Haykal (Muhammad Sabil, 82), Abdulaziz Sanqur  
«Lokomotiv»: Ma'mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Diyor Turopov, 79), Sardor Mirzayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Murod Bobojonov, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Muhammad Kone (Timur Kapadze, 61), Jaloliddin Masharipov (Quvondiq Ro‘ziyev, 67)
Ogohlantirishlar: Oleg Zoteyev (17), Islom To‘xtaxo‘jayev (58).

Top