Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu yilning 11-15 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat taşrifi bilan borişi haqida avval xabar berilgan edi. Davlat rahbari matbuot kotibi Asad Xöjayevning ma'lum qilişiça, mazkur taşrif Xitoy hukumati tomonidan taşkil etilayotgan «Bir makon, bir yöl» forumi doirasida bölib ötadi. U bu haqda Özbekiston milliy matbuot markazida ötkazilgan uçraşuvda söz yuritdi. Xitoy hukumati taşabbusi bilan taşkil etilgan forumga 40 dan ortiq davlatlar va hukumatlar rahbarlari kelişi kutilmoqda.
Xöjayevning aytişiça, Prezident davlat taşrifi doirasida, dastlabki ma'lumotlarga köra, jami 20 mlrd AQŞ dollari atrofidagi 100 dan ortiq hujjat imzolanişi kutilayapti.

Xöjayevning aytişiça, 2016 yilda Özbekiston-Xitoy örtasidagi özaro mahsulot ayirboşlaş hajmi 4,2 mlrd dollarni taşkil etgan, 8 mlrd dollar miqdoridagi Xitoy sarmoyasi jalb etilgan.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev «Bir makon, bir yöl» forumi doirasida boşqa hamkor davlatlar va hukumatlar rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.












