10:35 / 10.05.2017
16400

Mun Je In Shimoliy Koreyaga borishga tayyor

Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Mun Je In ma'lum qildiki, o‘zaro munosabatlarni yaxshilash uchun Shimoliy Koreyaga borishga tayyor. U bu haqda Seulda o‘tkazilgan inauguratsiya marosimi vaqtida aytib o‘tgan.

«Men zarur bo‘lsa darhol Vashingtonga uchaman. Men zarur bo‘lsa Pekin va Tokioga uchaman. Va men hatto zarurat yuzaga kelsa Pyongyangga ham boraman», — deya qayd etgan u.

Yangi prezident AQShning THAAD tizimi masalasini Xitoy pozitsiyasini hisobga olgan holda hal qilishini ma'lum qilgan.

«THAAD muammosi Xitoy va AQSh bilan yaqin hamkorlikda hal etiladi», — degan u Seulda bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida.

Bundan tashqari, Mun Je In «fuqarolar bilan hisoblashadigan chinakam xalq prezidenti» bo‘lishga va'da bergan.

Top