15:31 / 10.05.2017
6378

Naggetssevar tviti Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi

Foto: Getty Images

Joriy yilning 6 aprelida Karter Uilkerson Wendy’s tarmog‘i bilan yillik naggetslar zahirasi uchun 18 million retvitga ega bo‘lishi haqida yozib, kompaniya bilan bahs boylagandi. 

U ertasigayoq 800 mingdan ortiq retvit to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda Uilkerson Twitter'dagi eng mashhur post egasi teleboshlovchi Ellen Dejyeneresdan o‘tib ketdi. Uning posti 3,5 milliondan ortiq retvit va 930 mingdan ziyod laykka ega bo‘ldi. 

Karter Uilkersonning yutug‘i Ginnesning Rekordlar kitobi vakillari tomonidan qayd qilindi.  

Karter Ellen Dejyeneresning rekordidan o‘tgan taqdirda, Dave Thomas Foundation xayriya fondiga 100 ming dollar o‘tkazishga va'da bergan Wendy`s restoranlar tarmog‘i va'dasiga vafo qildi. 

 

Mavzuga oid
Top