17:30 / 10.05.2017
4154

Toshkentda «Inson huquqlari va o‘zaro hamkorlik» mavzuidagi Fuqarolik forumi bo‘lib o‘tdi

Foto: "Kun"

Bugun, 10 may kuni Taraqqiyot strategiyasi markazida «Inson huquqlari va o‘zaro hamkorlik» mavzusidagi O‘zbekiston Fuqarolik forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad Al-Husayn rahbarligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrifi doirasida tashkil etildi. Forumda 50 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilot va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qatnashdi.

Forumni o‘tkazishdan maqsad - insonning oliy qadriyatlari - uning hayoti, erkinligi, g‘ururi va boshqa huquqlari himoyasi bo‘yicha o‘zaro fikr almashish hamda bu borada yangi takliflarni ishlab chiqish bo‘ldi.

Forumda O‘zbekiston Ekologik harakati, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi, O‘zbekiston ishbilarmon ayollarining "Tadbirkor ayol" assotsiatsiyasi, "Istiqbolli avlod" ijtimoiy-axborot markazi, Demokratiya va inson huquqlari instituti, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Fuqarolik forumi Elektron OAV Milliy Assotsiatsiyasining qo‘llab-quvvatlashi ostida tashkil etildi. 

Top