Jahon | 23:34 / 11.05.2017
29888
1 daqiqa o‘qiladi

AQShga 2017 yilda xavf solayotgan bosh tahdidlar aytib o‘tildi

Foto: AP Photo / J. David Ake

2017 yilda Rossiya va Xitoy razvedkasi AQShga xavf soluvchi asosiy tahdid bo‘ladi, deb aytildi AQSh milliy razvedkasi rahbari Deniyel Koutsning kongressga bergan hisobotida.

"2017 yilda AQSh xorijiy razvedka tomondan kompleks tahdidga duch keladi. Ularning imkoniyatlari, istaklari va faoliyatlari ko‘lamlariga asoslanib, asosiy xavf hali ham Rossiya va Xitoydan bildiriladi, deb o‘ylaymiz", deb aytildi Koutsning 11 may kuni senatning razvedka bo‘yicha qo‘mitasiga bildirilgan yozma maktubida.

AQSh razvedkasi rahbariyati mintaqaviy ko‘lamda Janubiy va Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi davlatlari razvedkalari xavf solishidan ogohlantirdi.

Mavzuga oid