16:46 / 11.05.2017
10263

Fotoreportaj: Toshkentda Study in Europe ko‘rgazmasi

2017 yil 11 may kuni Radisson Blue mehmonxonasida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Britaniya Kengashi hamkorligida “Yevropada ta'lim” (Study in Europe) ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

Mazkur tadbirda Yevropaning 14 mamlakatidagi 20dan ortiq universitet hamda ta'lim sohasidagi tashkilotlar ishtirok etdi. 

Kun.uz muxbiri ham mazkur bir kunlik ko‘rgazmada ishtirok etib, maxsus fotoreportaj tayyorladi. 

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi - o‘quvchilar, talabalar va ularning ota-onalarini Yevropaning ta'lim sohasidagi keng qamrovli imkoniyatlari, dasturlari bilan yaqindan tanishtirishdir. 

Ko‘rgazmaga kelayotgan mehmonlar xorij universitetlari va boshqa tashkilotlar vakillari bilan muloqotda bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kerakli ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo‘lmoqda. 

Ko‘rgazma quyidagi asosiy mavzularni qamrab oladi: 

  • Yevropa mamlakatlarining bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishi bo‘yicha dasturlar;
  • O‘qishni moliyalashtirish va stipendiya/grantlar bo‘yicha imkoniyatlar;

Yevropada o‘qish uchun kerakli bo‘ladigan hujjatlar bo‘yicha talablar;

  • Yevropadagi talabalik hayoti.

Mavzuga oid
Top