Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Shinjong-Uyg‘ur muxtor tumanida kuchli zilzila yuz berdi, qurbonlar bor
Foto: BIN FOTO, AP
Xitoyning Shinjong-Uyg‘ur muxtor o‘lkasida ro‘y bergan 5,5 magnitudali zilzila oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 20 nafari jarohatlangan. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatdi.
Xitoy seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, yer osti silkinishlari payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 05.58 da (Toshkent vaqti bilan 02.58) Qoshg‘ar okrugining Toshqo‘rg‘on-Tojik muxtor uyezdida qayd etilgan. Zilzila epimarkazi sakkiz kilometrlik yer tubida bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sakkiz kishi qurbon bo‘lgan va yana kamida 20 nafari jarohat olgan. Ta'kidlanishicha, epimarkazdan 20 kilometr radiusda 580 kishi, 50 kilometr masofada esa – 6200 inson istiqomat qiladi.
Bundan tashqari, kamida 180 ta bino vayron bo‘lgan. Bu haqda Shinjong-Uyg‘ur muxtor o‘lkasi seysmologiya boshqarmasi Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z mikroblogida xabar bergan.
Hammasi bo‘lib zilziladan 789 nafar mahalliy fuqaro jabrlangani aytilmoqda.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026