17:25 / 11.05.2017
6200

Stoltenberg: “NATO IShIDga qarshi janglarda ishtirok etmaydi”

Foto: Reuters

NATO hattoki IShID guruhi bilan kurash bo‘yicha koalitsiya tarkibiga kirsa ham janglarda ishtirok etmaydi, u faqatgina texnik ko‘mak va milliy kuchlarni o‘qitish bilan cheklanadi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.

U jurnalistning NATO AQSh qo‘mondonligidagi koalitsiyaga rasman kirishi mumkinmi, degan savoliga bu masala muhokama etilayotganini aytgan. Bosh kotib qaror 25 may kuni Bryussel shahrida bo‘lib o‘tadigan alyans yig‘ilishiga qadar qabul qilinishiga umid qilayotganini ham bildirgan.

"Agarda NATO koalitsiyaga kirsa, bu NATOning o‘rnini o‘zgartirmaydi... NATO jangovar amaliyotlarda ishtirok etmaydi, hech kim NATO Suriyada ham, Iroqda ham jangovar amaliyotlarda ma'lum bir o‘rin tutishi haqida murojaat qilmadi", - degan Stoltenberg Berlinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

"Biz AWACS samolyotlaridan foydalangan holda yordam berishda, Iroqda mahalliy kuchlarni o‘qitishda davom etamiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan bosh kotib.

 

Mavzuga oid
Top