O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri bir qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bergan.
Unga ko‘ra, polkovnik Tursunov Ulug‘bek Botirovich – Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bundan tashqari, podpolkovnik O‘rolov Sharof O‘rozaliyevich – Sirdaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, polkovnik Mullajonov Abdumajid Fayzullayevich – Toshkent shahar Olmazor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.