17:37 / 12.05.2017
24090

Ellikqal'a tumani hokimi ishdan olindi

Foto: Kruz.uz

Ellikqal'a tumani hokimi Ne'matulla Matkarimovich Xudaybergenov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Kruz.uz manbalarga tayanib xabar berdi.

Biroq hozircha bu haqda rasmiy xabar berilmadi. Tuman hokimligi saytida ham bu haqda e'lon qilinmagan.  

Shuningdek, tumanga kim hokim etib tayinlangani haqida ham ma'lumot yo‘q. 

Top