23:10 / 12.05.2017
51792

Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi nomi o‘zgartirildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi saytida xabar berilishicha, Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining nomi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga o‘zgartirilgan. 

O‘zbekiston Prezidenti 2017 yil 10 apreldagi «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashda ularning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmonini imzolagan. 

Unga muvofiq amalga oshirilgan chora-tadbirlar migratsiya, pasport-viza tizimi, fuqarolikni qabul qilish va undan chiqish faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta'minlash, yurtimizda jinoyatchilikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, avvalo, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o‘rtasida xalqimizga yot g‘oyalar tarqalishining tobora kuchayib borayotganligi ichki ishlar organlari oldiga o‘z vaqtida ularning oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 23 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–4117 sonli, 2009 yil 29 dekabrdagi PF–4160 sonli hamda 2011 yil 05 yanvardagi PF–4262 sonli Farmonlari talablari ijrosini ta'minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilib, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning aksariyati biometrik pasport bilan hujjatlashtirildi.

Top