14:25 / 12.05.2017
50910

Metall konstruksiya – naqdingizni, asosiysi vaqtingizni tejaydi!

Bugungi kunda qurilish materiallarining turlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Shulardan biri – metall konstruksiyalar dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Buni birinchi galda shunday izohlash mumkinki, binolar konstruksiyasida armatura yoki boshqa metall moslamalardan foydalanish iqtisodiy jihatdan ancha foydali hisoblanadi. Shu bilan nafaqat mablag‘ tejaladi, balki bino karkasining qattiqligi va pishiqligi ta'minlanadi.

Metall konstruksiyalar nima? Metall konstruksiya – o‘ziga xos konstruktor bo‘lib, undan qurilayotgan bino yoki inshootning karkasi yig‘iladi. Metall konstruksiyalar maxsus sanoat fabrikalari va zavodlarida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati har qanday murakkablikdagi jihozlarni yasash barobarida ularni qurilish maydoniga yetkazib berish xizmatini ham ko‘rsatadi.

Metall konstruksiyalar o‘lchami, tayyorlanish usuli, konfiguratsiyasi va qo‘llanilishi jihatidan farqlanadi. Metall konstruksiyalar, shuningdek, temir-beton konstruksiyalarga qaraganda qator ustun jihatlarga ham ega. Bular vaznining yengilligi, montaj hamda demontaj ishlarining qulayligi, tashishning osonligi, tezlik bilan tiklash imkoniyati.

Hozirda, aynan shunday konstruksiyalardan yirik savdo markazlari hamda qisqa muddatlarda qurilishi talab qilingan ko‘plab binolar barpo qilinmoqda.

Ta'kidlash joiz, aksariyat ishlab chiqaruvchilar nafaqat ma'lum bir turdagi konstruksiyalarni, balki buyurtmachi xohish-istagidan kelib chiqqan holda nostandart modellarni ham ishlab chiqaradi. Bunday ishlar, shubhasiz, maxsus chizmalar va texnik ishlanmalar yordamida amalga oshiriladi. aksar hollarda ishlab chiqarish va ularni o‘rnatish jarayoni buyurtmachilar taqdim etgan chizmalar asosida bajariladi.

Metallokonstruksiyalarni montaj qilish, belgilangan joyga keltirib o‘rnatish xususida so‘z yuritilganda, u turli usullarda amalga oshirilishini ta'kidlash mumkin. Bunda, shubhasiz, birinchi o‘rinda sifat turadi. Yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar bu borada yuqori natijalarni ta'minlay olishadi. Montaj qilish qiymati esa konstruksiyalar murakkabligi, bajariladigan ishlar hajmi, o‘rni, qurilish ishlarini o‘tkazish vaqti, qo‘shimcha kommunikatsiyalar bor-yo‘qligi hamda boshqa qator jihatlarga bog‘liq bo‘ladi.

Metall konstruksiyalarni loyihalash, ularni ishlab chiqarish va montaj qilish – bularning barchasi zamonaviy qurilish sohasining eng yosh, ammo istiqbolli yo‘nalishidir. Shunday ekan, har bir sohada bo‘lgani kabi bunda ham o‘z ishining ustalariga murojaat qilish foydadan xoli bo‘lmasligi sir emas.

O‘zbekistonda esa, metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan "HAKIM METALL STROY" mas'uliyati cheklangan jamiyati shug‘ullanadi.

"HAKIM METALL STROY" MChJ:

Kislovod va boshqa har xil modullar, angarlarni montaj va demontaj qilish ishlarini bajaradi. Buyurtmaga ko‘ra, metall konstruksiyalar ishlab chikaradi, sotadi va sotib oladi.

Omborlardagi konstruksiyalarning xilma-xilligi evaziga metall konstruksiyalarni bozor narxidan arzon va kelishilgan narxlarda, yuqori sifatda bajarib beradi!

Xizmatlar litsenziyalangan! Mahsulotlar sertifikatlangan!

Telefon: +998 90 9070952, +998 94 6531790

Reklama huquqi asosida 

Top