15:52 / 12.05.2017
12088

Mirobod tumanida MTM rahbarlari va ota-onalar ishtirokida shahar seminari bo‘lib o‘tdi

Mirobod tumanida "Maktabgacha ta'lim muassasalarida  tarbiyalanuvchilarni maktab ta'limiga tayyorlashda ota-onalar bilan hamkorlikning o‘rni va ahamiyati" mavzusida shahar semenari  bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta'limi vazirligining maktabgacha ta'lim bo‘limi boshlig‘i, xalq ta'limi bosh boshqarmasi maktabgacha ta'lim uslubchisi, tuman uslubchi va MTM mudiralari ishtrok etishdi.

Seminardan asosiy maqsad - ta'lim muassasalalarida ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlarini yanada mustahkamlash,  pedagoglarning o‘zaro tajriba almashishi, shuningdek ota-onalarni ta'lim jarayonidagi o‘rni qanchalik ahamiyatli ekaniga e'tibor qaratish.

Mazkur semenarni Mirobod tumani XTMFMTTEB mudiri Xo‘jaqulov Behzod Abdusattorovich ochib berdi. So‘ngra tumandagi 548- va 32-sonli maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari musiqiy chiqish qilishdi. "Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlashda ota-onalar hamkorligi" mavzusida qiziqarli seminar-trening va mahorat darslari o‘tkazildi. Shuningdek, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi uslubchilari, maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari o‘zaro tajriba almashishdi.

Seminarda Mirobod tumanidagi MTM tarbiyalanuvchilarining ota-onalari ham ishtirok etishdi.

 

Mavzuga oid
Top