13:59 / 12.05.2017
11624

Rim markazida portlash sodir bo‘ldi

Foto: AFP

Rim markazidagi Aventino ko‘chasida joylashgan pochta bo‘limi yonida erta tongda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi. 

RaiNews24 telekanali bergan xabarga ko‘ra, halok bo‘lgan va jarohat olganlar haqida ma'lumotlar yo‘q. Voqea joyida o‘t o‘chirish xizmati va politsiya ishlamoqda. 

Hozirda portlash sabablari aniqlangani yo‘q.

Tergov organlari bergan ma'lumotga ko‘ra, portlashga pochta yaqinida joylashgan avtoturargohdagi ikki avtomobil orasiga o‘rnatilgan portlovchi qurilma sabab bo‘lgan. 

Top