09:17 / 12.05.2017
12077

Turkiya o‘zi ishlab chiqargan ballistik raketani ilk bor sinovdan o‘tkazdi

Foto: posta.com.tr

Turkiya o‘zi ishlab chiqargan Bora ballistik raketasini ilk bor sinovdan o‘tkazdi.

Turkiya mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, raketa Qora dengiz sohilidagi Sinop tumanidan uchirilgan. Raketa uchirilgach, dengizga tushgan va sinovlar muvaffaqiyatli deb topilgan, deb xabar bermoqda Middle East Eye nashri.

Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishikning sinovlardan keyin aytishicha, mamlakat o‘z ballistik raketasini yarata olganidan faxrlanadi.

Rokestan kompaniyasi tomondan ishlab chiqarilgan bu raketaning uchish uzoqligi 280 km ni tashkil qiladi. Raketa 450 kg gacha yuk tashishi mumkin. 

Ishikning aytishicha, Turkiya raketalar ming va undan ko‘proq kilometrlarga ucha olishi uchun ballistik raketa yaratish texnologiyalarini takomillashtirishda davom etadi.

Mavzuga oid
Top