Bugun, 12 may kuni Toşkent şahridagi Milliy matbuot markazida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan matbuot anjumani ötkazildi. Tadbir Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 2026 yilgaça qimmatbaho metallar işlab çiqarişni köpaytiriş dasturlarining amalga oşirilişi, közda tutilgan modernizatsiya tadbirlari, istiqbolli loyihalar samaradorligiga bağişlangan "NKMK: yangilaniş va taraqqiyot sari" mavzusi ostida bölib ötdi. 

Mana 17 yildirki, mamlakatimizda har yili may oyining uçinçi yakşanbasi Özbekiston Respublikasi konçilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida nişonlanib kelinadi. Kasb bayramini nişonlayotgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi mustaqillik yillarida ulkan bunyodkorlik va iqtisodiy yuksalişlar yölini bosib ötgani ta'kidlandi. 

Bugungi kunda qariyb 60 ming nafar turli kasb egalari mehnat qilayotgan kombinat qudratli işlab çiqariş obektlari va infratuzilmasiga ega gigant korxonaga aylandi. Mendeleyev jadvalida yuzdan ziyod element bölsa, şularning aksariyati - oltin, kumuş, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlarning tasdiqlangan zahiralari böyiça Özbekiston istiqbolli rudalar jihatidan MDH davlatlaridagina emas, balki dunyo miqyosidagi yetakçilardan biri hisoblanadi. 

Kombinat direktorining iqtisod böyiça örinbosari Nurmat Jölibekovning "Kun.uz" muxbiriga ma'lum qilişiça, bugungi kunda Özbekiston oltin işlab çiqariş böyiça dunyoda 10-örinni egallaydi, oltin zaxirasi böyiça esa 9-örinda. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2017-2026 yillarda kombinatni rivojlantiriş dasturlari yaqin 10 yilda tarixiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oşirişni belgilab berdi. 2017-2026 yillarda 3 milliard 63 million dollarlik 27 loyihaning amalga oşirilişi kombinatda mahsulot işlab çiqariş hajmini 30 foizga oşirib, 31 mingga yaqin yangi iş örinlarining yaratilişiga xizmat qiladi.