08:20 / 13.05.2017
7724

AQSh Saudiya Arabistoniga 300 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotmoqchi

foto: afalon.ru

AQSh Saudiya Arabistoni bilan 100 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga qurol-aslaha yetkazib berish va unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir nechta shartnoma tuzmoqchi. Umuman esa ushbu bitimning umumiy qiymati yaqin 10 yil ichida 300 mlrd dollardan oshadi.

Bu haqda noma'lum qolish sharti bilan Oq uydagi yuqori lavozimli amaldor ma'lum qildi. Uning aytishicha, kelishuvlar yakunlovchi bosqichda turibdi va AQSh prezidenti Donald Trampning Ar-Riyodga tashrifigacha yakunlanishi kerak. 

Ta'kidlanishicha, AQSh qurol-aslahasining yetkazib berilishi qirollik qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini ancha oshiradi. AQSh shu bilan birga Isroil mudofaa qobiliyatini ham qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. 

Tramp keyingi haftada Saudiya Arabistoni, Isroil va Vatikanga tashrif buyuradi, so‘ngra Bryusselda o‘tadigan NATO yig‘ilishi va Sitsiliyadagi G7 yetakchilari uchrashuviga jo‘naydi.

Mavzuga oid
Top