10:03 / 13.05.2017
4984

Finlyandiyaning sobiq prezidenti vafot etdi

Foto: Reuters

Finlyandiyada 93 yoshida respublikaning sobiq prezidenti Mauno Koivisto vafot etdi. Finlyandiya prezidenti kantselyariyasining xabar berishicha, Koivisto Meilahti kasalxonasida hayotdan ko‘z yumgan.

Mauno Koivisto davlat rahbari lavozimini 12 yil – 1982 yildan 1994 yilga qadar egallagan. U Finlyandiyaning to‘qqizinchi prezidenti bo‘lgan. Bunga qadar esa mamlakat bosh vaziri, moliya vaziri va milliy banki rahbari sifatida ishlagan.

U umrining so‘nggi yillarida Altsgeymer kasalligidan aziyat chekkan.

Mavzuga oid
Top