14:22 / 13.05.2017
6987

Kobulda portlash yuz berdi

Afg‘oniston poytaxtida kuchli portlash yuz berdi. Buning oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Aniqlik kiritilishicha, kamida ikki nafar davlat xizmatchisi qurbon bo‘lgan.

Yana bir necha kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Hozircha hech bir guruh portlash uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmadi.

Avvalroq Afg‘oniston hukumati IShIDning mamlakatdagi yetakchisi Abdulla Hasib yo‘q qilingani haqida xabar bergandi.

Top