12:19 / 13.05.2017
11954

Maktabni tashlab ketgan koreyalik shaxs kompaniyasi bozordagi qiymat bo‘yicha LG’ni ortda qoldirdi

Janubiy Koreyaning Netmarble Games videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchisi savdolarning ilk kunida IPO narxi bilan taqqoslaganda 3,2 foizga o‘sdi. Shu tariqa kompaniyaning bozordagi qiymati 12,2 milliard dollarni tashkil etib, firma bu ko‘rsatkich bo‘yicha LG Electronics’ni ortda qoldirdi.

Bloomberg agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Netmarble Janubiy Koreyada so‘nggi 7 yil davomida bozorga chiqish bo‘yicha eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

Birjaga chiqish Netmarble’ga darhol bozordagi qiymat bo‘yicha dunyo ishlab chiqaruvchilari orasida beshinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Undan yuqori pog‘onalarda faqatgina yirik kompaniyalar bor: Sony, Activision, Nintendo va Electronic Arts.

Netmarble 2000 yilda Pan Jun Xyuk tomonidan tashkil etilgan. U yuqori maktabni tashlab, videoo‘yinlar bilan shug‘ullanishga qaror qilgan. Kompaniya smartfonlar uchun o‘yinlar chiqaradi. U Lineage II: Revolution chiqqanidan so‘ng, 2017 yilda mobil ishlab chiqaruvchilar daromadi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid
Top