Apple Watch “aqlli” soatlari nerv tarmoqlarining qobiliyati yordamida yurak-qon tomiri tizimi kasalliklarining alomatlarini 97 foizgaça aniqlay oladi. Bu haqida San-Frantsiskodagi Kaliforniya universiteti kardiologlari ma'lum qilişdi. 

Tadqiqotçilar fikriga köra, Apple gadjyetiga örnatilgan pulsometr tufayli yurak muşaklarining normal faoliyatini buziliş holatini tölaqonli aniqlay oliş mumkin. Yurak muşaklarining işdan çiqişi – qon aylanişini oğirlaştiradi, insult xuruji va qon quyulişini keltirib çiqaradi. 

Kasallikni soğlom yurak urişidan farqlaş uçun çuqur neyrotarmoq yordam beradi. U 139 milliondan ortiq yurak tezligi ölçovi va 6338 mobil EKG bilan “qoplangan”. Mazkur keng qamrovli ma'lumotlar majmuini Apple Watch’ning Cardiogram dasturidan foydalangan 6000 köngilli taqdim etdi.

Tadqiqotda yurak fibrillyatsiyasi taşxisi qöyilgan 200ta odam iştirok etdi. Olimlar 51 bemorning Apple Watch’da körsatilgan test natijalarini EKG datçiklari ma'lumoti bilan soliştirganida, qurilma kasallikni 97 foizli holatda aniqlaşga muvaffaq böldi. 

Tadqiqot mualliflaridan biri Gregori Markusa fikriça, bu kabi “aqlli” soatlar yoki trekerlarning taqilişi tibbiy ma'lumotlarni yiğiş va tahlil qilişga yordam beradi.