15:17 / 13.05.2017
30065

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘zgardi

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bergan.

Unga ko‘ra, podpolkovnik Shorahmedov Davronbek Shomajidovich O‘zbekiston IIV Nazorat-reviziya inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan bo‘lsa, podpolkovnik Hayitov Erkin Shoymardonovich IIV yuridik ta'minot boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga esa Sotvoldiyev Shuhratjon Hoshimovich tayinlandi.

Shuningdek, Rahimov Sardorbek Qobulovich  Xorazm viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan.

Avvalroq Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Nukus shahar IIBga yangi boshliqlar tayinlangani haqida xabar bergandik.

Top