13:29 / 13.05.2017
21850

UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning qachon O‘zbekistonga kelishi ma'lum

Foto: tofight.ru

Rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov O‘zbekistonga kelmoqda. Bu haqda Olamsport.com xabar tarqatdi.

Ma'lum bo‘lishicha, aralash qoidalar jangchisi 21 may kuni O‘zbekistonga keladi. Aynan o‘sha kuni taniqli sportchi ishtirokida seminar, matbuot anjumani o‘tkaziladi. U shuningdek, jui jitsu bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga ham tashrif buyurishi kutilmoqda.

U tashrifi davomida shuningdek Samarqand, Buxoro kabi shaharlarga borishini ham ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top