16:23 / 13.05.2017
6558

Jon Terri APL tarixida rekord o‘rnatdi

«Chelsi» klubi himoyachisi Jon Terri London klubi safida APLda g‘olib bo‘ldi va shu tariqa musobaqa tarixida sovrinni beshinchi bor qo‘lga kiritgan ilk jamoa sardoriga aylandi.

Angliya Premer-ligasi 1992 yilda ta'sis etilgan. O‘shandan beri Terri «Chelsi» tarkibida 2004/05, 2005/06, 2009/10, 2014/15 va 2016/17 yilgi mavsumlarda chempion bo‘lgan.

Avvalgi rekord «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Roy Kinga tegishli edi. U «MYu»ga 1997 yilda sardor bo‘lgan va sovrinni to‘rt bor - 1998/99, 1999/2000, 2000/01, 2002/03 yilgi mavsumlarda yutib olgan.

Top