23:49 / 14.05.2017
7050

APL. «Tottenhem» «MYu»ni YeChL yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqarib yubordi

Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Tottenhem» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Viktor Vanyama boshi bilan gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Harri Keyn farqni ikkitaga oshdi. 71-daqiqada Ueyn Runi oradagi farqni bittaga qisqartirgandi. Biroq qolganiga manchesterliklarning kuchi yetmadi va jamoa mavsumdagi 5-mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Tottenhem» hisobidagi ochkolar soni 80taga yetdi va jamoa 2-o‘rinni o‘zi uchun rasmiylashtirdi. «Manchester Yunayted» esa 65 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi va Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun milliy chempionat orqali kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Endilikda Mourino jamoasi Yevropa ligasidagi g‘alaba orqali bu ishni uddalashi mumkin.

APL, 37-ur

Tottenhem – Manchester Yunayted 2:1 (1:0)

Gollar: Vanyama (6), Keyn (48) – Runi (71).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Vertongen, Devis, Tripper (Uoker, 83), Vanyama, Alli, Eriksen (Nkudu, 90), Dayyer, Keyn, Son Hyong Min (Dembele, 72).
Manchester Yunayted: De Xea, Tuanzebe (Errera, 61), Bayi, Jons, Blind, Lingard (Mxitaryan, 61), Kerrik, Mata (Reshford, 79), Smolling, Marsyal, Runi.
Ogohlantirishlar: Runi (36), Vanyama (74), Bayi (90).

Top