19:38 / 14.05.2017
3719

Hemilton Ispaniya Gran-Prisida g‘alaba qozondi

Foto: EPA

Formula-1 bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi Mercedes Benz jamoasining britaniyalik piloti Lyuis Hemilton Ispaniya Gran-Prisida marraga birinchi bo‘lib keldi. Ikkinchi bo‘lib marraga Ferrari jamoasi yetakchisi Sebastyan Fettel yetib keldi, Red Bull vakili, Daniel Rikkardo uchinchi bo‘ldi.

Kimi Raykkonen, Valtteri Bottas va Maks Ferstappen poygani yakunlay olishmadi. Raykkonen va Ferstappen birinchi burilishda o‘zaro to‘qnashib ketishdi, Bottas motori ishlamay qolgach, yo‘ldan chiqib ketdi. Stoffel Vandorn ham Felipe Massa bilan to‘qnashgach, trassadan chiqib ketdi.

Mavzuga oid
Top