21:54 / 14.05.2017
64894

Qarshida avtomobil portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Qarshi shahrida siqilgan gazda ishlovchi "Neksiya" rusumidagi mashina yo‘lda ketayotganda portlab ketdi. Bu haqda 1news.uz nashri xabar bermoqda

Avtomobilga o‘rnatilgan metan gazli ballonning portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi turli darajadagi jarohatlar oldilar. Mashinaning o‘zi tiklab bo‘lmas darajaga kelgan.

Guvohlarning aytishicha, portlashdan mashinadagi ikki kishi bo‘laklanib ketgan. 

Voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

Top