Shavkat Mirziyoyev Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi davomida ushbu mamlakatning yetakchi korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi.
Prezident Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan yuqori texnologik mahsulotlarga jahon bozorida talab yuqori.
Korporatsiya raisi Gau Xun Vey Shavkat Mirziyoyevga ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar turi, turli davlatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari haqida so‘zlab berdi.
Mavzuga oid
13:12 / 11.12.2024
Bloomberg: Pekin AQSh va YeIga UUA detallarini yetkazib berishni qisqartirdi
15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:00 / 09.10.2024