Yaponiyada WanaCrypt0r 2.0 ta'magir dasturning global xuruji sabab mamlakat boş vaziri Sindzo Abe devoni huzurida maxsus qarorgoh taşkil etildi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar qilmoqda.
Qarorgoh barça vazirliklar bilan aloqa örnatib, ğarazli dasturiy ta'minot faolligi bilan boğliq xabarlarni töplaydi. Ta'kidlanişiça, dam oliş kunlari Yaponiyada virus bilan zararlaniş holati 2tani taşkil etgan. Biroq, yangi iş haftasi boşlanişi bilan yangi zararlanişlar qayd etila boşlandi. Xususan, Hitachi kompaniyasining poçta serverlari virus nişoni böldi. Bu esa elektron poçtalarga yuborilgan maktublarni oçişda muammolarni keltirib çiqardi. Bundan taşqari, elektron maktublarni yuboriş hamda qabul qiliş izdan çiqqani aytilmoqda. Şuningdek, şarqiy Yaponiyadagi JR temir yöl kompaniyasi ham uşbu virusdan zararlangan.
Yevropol ma'lumotlariga köra, WanaCrypt0r 2.0 virusidan 150 mamlakatdagi 200 mingdan ortiq foydalanuvçi aziyat çekkan.
Avast antivirusi işlab çiqaruvçilari WanaCrypt0r 2.0 virusidan foydalanilgan holda 57 mingta xakerlik xuruji amalga oşirilganini aytmoqda. Ta'kidlanişiça, virus, asosan, Rossiya, Ukraina va Tayvanda tarqalmoqda. "Kasperskiy Laboratoriyasi"da ma'lum qilişlariça, 12 may kuni dunyoning 74 mamlakatida 45 ming xakerlik xuruji amalga oşirilgan.













