O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov BAAning «Ajman» klubi a'zosiga aylandi.
2011 yildan buyon BAAning «Ash-Shabob» klubi sharafini himoya qilib kelgan tajribali futbolchi mamlakatning boshqa klubi – «Ajman» bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
«Ash-Shabob» joriy mavsumni 14 jamoa orasida 8-o‘rinni egalladi. «Ajman» klubi esa yakuniga yetgan mavsum natijasiga ko‘ra BAA Pro Ligasiga chiqdi.
Ma'lumot uchun, futbolchilik faoliyati davomida Aziz Haydarov Toshkentning «Lokomotiv» (2006–2007), «Bunyodkor» (2007–2011) va «Ash-Shabob» (2011–2017) klublarida to‘p surgan. 2007 yildan buyon milliy terma jamoa sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi 71 o‘yinda maydonga tushgan.